"KITOBXONLIK MUSOBAQASI – ZAKOVAT"DA (2-kurs)
2024-yil 8-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida o’quvchilarni kitobga oshno qilish maqsadida “BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi ilk musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqani YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.
“Zakovat”da 4 ta jamoa “Titans” (1-22), “O’zbekiston yoshlari” (2-22), “Ishonch” (5-22), "Afina" (6-22), jamoalari ishtirok etdi.
Ilk musobaqada Turk yozuvchisi A.L.Qozonchining “O’gay ona” asari asosida tuzilgan savollar kitobxon bilimdonlarga taqdim etildi. Asar bilan to’liq tanishib chiqqan jamoalar kutilmagan natijalarni qo’lga kiritdi.
1. “O’zbekiston yoshlari”-6;
2. “Afina”-7;
3. "Titans"-10;
4. “Isonch” – jamoasi 12 ochko bilan o’yin g’olibiga aylandi.
Kitobxonlik tanlovining o'zgacha usulda tashkil qilinganligidan o'quvchilar o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
“BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi kitobxonlik oyligi reja asosida davom etadi.