“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (7-kun)

2024-yil 7-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi. 

Tadbirda o’quvchilarning sport sohadagi bilimlari va chaqqonliklari lismoniy tarbiya rahbari D.Ernazarov hamda yoshlar yetakchisi E.Abdunazarovlar tomonidan sinovdan o’tkazildi. 

Bunda o’quvchilar o’rtasida sportning bir nechta turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi va g’olib bo’lgan o’quvchilar esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi. 

O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech