"INSHOLAR TANLOVIDA ZIYODABONU 3-O’RIN SOHIBASI"
2024-yil 6-fevral kuni Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda "Navoiyga yoʻldoshmiz" shiori ostida INSHOLAR tanlovi bo’lib o’tdi.
Ushbu tanlovda o'rta maktab, professional ta'lim, akademik litsey hamda oliy ta'limda tahsil olayotgan o'quvchi-talabalarning 70 dan ortig’i ishtirok etdi.
Tanlovda TDTrU akademik litseyidan U.To’ychiboyeva (4-23), F.Abduraxmonova (6-22), Z.Nazarova (5-22), K.Abduraxmonov (1-22), S.Mahkamov (1-22)lar ham ishtirok etdi.
30 daqiqali tanlov natijalariga ko’ra 5-22-guruh o'quvchisi Ziyodabonu Nazarova raqiblari bilan bellashib 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Qolgan o'quvchilar munosib ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlandi.
Ishtirok etgan barcha o’quvchilarga ularning ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.