“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (6-kun)
2024-yil 6-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda o’quvchilarning informatika va boshqa sohadagi bilimlari fan o'qituvchisi M.Abdujalilova tomonidan sinovdan o’tkazildi.
Bunda o’quvchilar yakka tartibda “Krossvord” hamda informatika faniga oid atamalarni tez va raqibi aytgan so’zni ishlatmay yangi so’zlarni aytish bo’yicha faol ishtirok etdi.
Ishtirokchilar ichida J.Qubiljonov (4-22), I.Oktamov (2-23), I.Toirjonov (1-22)lar g’olib bo’lib, esdalik sovg’asiga ega bo’ldi.
O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.