"OCHIQ DARS – SINOV ASOSIDA QURILGAN DARS" JARAYONIDAN
2024-yil 6-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Matematika fani oyligi doirasida 1-22-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi Sh.Eshmurodov tomonidan ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
“Matematika va informatika” kafedrasi o’qituvchilaridan Sh.Eshmurodov hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Aylanish jismlari uchun shar va ununig bo’laklari hajmi” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.
Ochiq darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi elektron test orqali sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.