“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (5-kun)
2024-yil 5-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.
O’qish avvalida “Matematika barcha fanlar eshigi va kalitidir” so’zi orqali o’quvchilarning fanga oid qiziqishlari maxsus stikerlar orqali aniqlandi. Eng yaxshi fikr muallifi esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.
O’quvchilarning matematika va boshqa sohadagi bilimlari fan o'qituvchisi R.Pulatova tomonidan sinovdan o’tkazildi.
Bunda o’quvchilar yakka tartibda “O’yla, izla, top” sharti orqali matematika va geometriya fanlariga oid atamalarni tez va raqibi aytgan so’zni ishlatmay yangi so’zlarni aytish bo’yicha faol ishtirok etdi.
5-23-guruh o’quvchisi A.Akbarov raqiblaridan ustun keldi va esdalik sovg’asiga ega bo’ldi.
Tadbirda Xitoy tili fanidan o’tkazilgan online olimpiada g’oliblariga sertifikatlar taqdim etildi.