“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (4-kun)

 2024-yil 3-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi. 

Tadbirda o’quvchilarning ingliz tili va boshqa sohadagi bilimlari fan o'qituvchisi Yu.Egamberdiyeva tomonidan sinovdan o’tkazildi. 

Bunda o’quvchilar yakka tartibda aniq bir vaqt ichida ma’lum harf ishtirok etgan so’zlarni tez yozish, maxsus stikerlar ichida yashiringan so’zlarga izoh berish, ekrandagi chalg’ituvchi metodni asl holiga aytish kabi shartlarda ingliz tilidan olayotgan bilimlarini faol tarzda namoyish etdi va esdalik sovg’alariga ega bo’ldi. 

O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech