“O’QUVCHILARDAGI HISSIY KECHINMALAR TAHLILI PSIXOLOG SO’ROVNOMASIDA” JARAYONIDAN
2024-yil 2-fevral kuni TDTrU akademik litseyida “Ma’naviyat soati”da ba’zi guruh o’quvchilaridan psixolog so’rovnomasi o’tkazildi.
Akademik litsey psixologi L.Abdujalilova tomonidan tayyorlangan so’rovnomada o’quvchilarning o’zgaruvchan yoshida kechayotgan hissiy kechinmalar, zo’riqishlar va ularning tahlili bo’yicha savollar taqdim etildi.
O’quvchi-yoshlar o’zining tafakkuri, dunyoqarashiga tayangan holda 3 ta usul yordamida savollarga o’z fikrini bildirdi. Bularning barchasi ongdan siqib chiqarilgan axborotlarga asoslanadi.