“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (3-kun)
2024-yil 2-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda o’quvchilarning fizika va boshqa sohadagi bilimlari fan o'qituvchisi D.Do’stqobilova tomonidan sinovdan o’tkazildi.
Bunda o’quvchilar jamoa bo’lib “Tezkor savol-javob” metodiga faol bo’lish bilan birga, ixtirochi o’quvchilar tomonidan fizika faniga oid o’zi yasagan ixtirolarini amalda ko’rsatib berdi. Faol ishtirok etgan o’quvchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.