"OCHIQ DARS – SINOV ASOSIDA QURILGAN DARS" JARAYONIDAN

2024-yil 30-yanvar kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyda Matematika fani oyligi doirasida 2-23-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi Yo.Botirov tomonidan ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

 “Matematika va informatika” kafedrasi o’qituvchilaridan Yo.Botirov hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Algebraik tenglamalar sistemasi” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.    

Ochiq darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi misollar orqali sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech