IJADARAGI O‘QUVCHILAR DOIMIY NAZORATDA
2024-yil 18-yanvar kuni TDTrU akademik litseyidagi ijarada turuvchi o’quvchilarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish rahbarlar tomonidan amalga oshirildi.
YoBIBDO’ A.T.Ikromov, psixolog L.Abdujalilova, yoshlar yetakchisi E.Abdunazarov, 5-23-guruh rahbari M.Egamberdiyevalar boshchiligida ijarada turuvchi O.Rashidov (1-23), Sh.Abdulmo’minov (1-23), J.Abdikarimov (2-23) hamda J.Ismadiyorov (5-23)larning ijara uyi, yashash sharoiti to’liq o’rganildi.
Shuningdek, ijara egasi bilan suhbat olib borildi va o’quvchilarga ijarada qanday yashash tartibi bo’yicha kerakli maslahatlar, ko'rsatmalar berildi.
Ijaradagi o’quvchilarning yashash sharoitini o’rganish guruh rahbarlari, mas’ullar tomonidan reja asosida davom etadi.