“ENG ILG’OR HARBIY O’QUVCHI” TANLOVI JARAYONIDAN
2024-yil 16-yanvar kuni TDTrU akademik litseyida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Eng ilg’or harbiy o’quvchi” tanlovi bo’lib o’tdi.
Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, tanlov ishtirokchilarini tanishtirib o’tdi.
Tanlovning 5 nafar ishtirokchisi yigit kishiga xos va mos, armiya hayotiga tayyorlaydigan qiziqarli shartlarga o’z iqtidori-yu, iste’dodini ko’rsatib, barchaning olqishiga sazovor bo’ldi.
Tadbirda Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar “Iste’dod” to’garagi rahbari A.Oyto’rayev hamda to’garak a’zolaridan B.Tavakkalovlar tomonidan ijro etildi.
Hakamlarning qaroriga ko’ra:
1-o’rin: X.Xolmatov (6-22-gr);
2-o’rin: D.Otajonov (1-22-gr);
3-o’rin: B.Erkinov (2-22).
Barcha ishtirokchilar esdalik diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi.
Aziz o’quvchilarga, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiramiz.