ONLINE OLIMPIADADA LITSEY O’QUVCHILARI FAOL ISHTIROK ETDI
Joriy yilning 3-10-yanvar kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’quvchilarning qishgi ta’tilini mazmunli o’tishi uchun online olimpiada o’tkazildi.
Olimpiada 4-11-sinf o’quvchilari o’rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlari asosida o’tkazildi.
TDTrU akademik litseyining 137 nafar o’quvchilari ham ushbu olimpiadada munosib qatnashib, faol ishtirok etganligi haqidagi sertifikatni qo'lga kiritdi.
Olimpiada ishtirokchilariga, ularning ustozlariga, ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.