“MILLIY O’ZLIKNI ANGLASHDA JADIDLARNING O’RNI VA AHAMIYATI” MAVZUSIDAGI KONFERENSIYA JARAYONIDAN
2024-yil 12-yanvar kuni Toshkent moliya instituti akademik litseyida “Ilmdan boshqa najoy yo‘q va bo’lishi ham mumkin emas” shiori ostida “Milliy o’zlikni anglashda jadidlarning o’rni va ahamiyati” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir O’zbekiston Milliy universiteti “Tarix” fakulteti, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Tadbirda TDTrU akademik litsey Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari A.T.Ikromov ham ishtirok etib, mavzu doirasida o’z fikr-muilohazalari bilan faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida O’zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning “Quyosh qaraymas” dostoni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan voqealar mahorat bilan namoyish etildi.