“VATANGA XIZMAT – OLIY FAZILAT” TADBIR JARAYONIDAN
2024-yil 11-yanvar kuni TDTrU akademik litseyida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanga xizmat – oliy fazilat” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir O’zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo’shinlari qo’mondonligi ansambli jamoasi bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berib, tadbir mehmonlari va barchani kirib kelayotgan ulug’ bayram bilan tabriklab o’tdi.
Tadbirda qorovul qo’shinlari qo’mondonligi ansambli hamda akademik litsey o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo’shiqlar o’quvchi-yoshlar kayfiyatiga bayram shukuhini berdi.
Ayniqsa, o’quvchilarning Vatan sarhadlarini himoya qilishga qaratilgan jangovar chiqishlari tadbir ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo’ldi.
Tinch va osoyishta Vatanimiz posponlari, soha vakillarining tan-u jonlari sog’, aziz boshlari omon bo’lsin. Yurtimizga ko’z tegmasin.