XITOY TILIDAN ONLINE OLIMPIADA NATIJALARI!

2024-yil 5-yanvar kuni TDTrU akademik litseyining ilmga chanqoq o’quvchlarning ta’til paytini samarali va mazmunli o’tishida Xitoy tili fanidan ONLINE OLIMPIADA o’tkazildi. 

Akademik litsey tizimida asosiy xorijiy til ingliz tilini o’rgatish bilan birga, boshqa xorijiy tillardan birini o’rgatish belgilab qo’yilgan.  

Shu maqsadda ikkinchi xorijiy til sifatida o’quvchi-yoshlarga Xitoy tili fani o’qituvchisi O.Raxmatova rahbarligida ushbu tilning sir-asrorlari, shuningdek, Xitoy xalqining urf-odatlari, madaniyati, san’ati hamda ta’lim tizimi o’rgatib kelinmoqda.  

O’tkazilgan ONLINE OLIMPIADA natijalariga ko’ra g’oliblar quyidagicha aniqlandi.

1- o’rin: Sidiqov Elyorbek (6-23-gr); 
2- oʻrin Ismoilova Nigora (6-23-gr);
3- oʻrin Saliyeva Aziza (2-23-gr);
3- o'rin: Toʻychiboyeva Umida (4-23-gr).

Go’liblarga sertifikat taqdim etiladi (o’qish boshlanganda).

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech