PSIXOLOGIK MASLAHAT - O’QITUVCHI-PEDAGOGLAR UCHUN MOTIVATSIYA

2024-yil 5-yanvar kuni TDTrU akademik litseyida o’qituvchi-pedagoglarning ta’tildagi vaqtini mazmunli va samarali o’tkazish maqsadida ikkinchi kun seminari bo’lib o’tdi. 

Seminar dasturi “Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish” mavzusi akademik litsey psixologi L.Abdujalilova tomonidan batafsil tushuntirildi.  

Mavzuga doir “Antiqa tanishuv”, “Rangli qog’ozlarda yashiringan sir”, “Teskari o’yin”, “Kaftdagi tilaklar” hamda “G’aram, so’qmoq, tepalik” kabi qiziqarli metod va o’yinlar o’qituvchi-pedagoglar o’rtasida yuqori haroratda o’tkazildi.

O’qituvchi-pedagoglar bu quvnoq seminardan katta taassurotlar oldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech