"ZAKOVAT"NING I MAVSUM FINAL SONI JARAYONIDAN

2023-yil 21-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida o’tkazilib kelinayotgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum FINAL YANGI YIL soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

 Finalda eng ko’p ochko to’plagan “Elegant" (1-23-gr), "Osmondagi bolalar" (4-23-gr), “Родные” (7-23-gr) jamoalari bilim borasida kuch sinashdi. 

 Yangi yil soni bo’lganligi bois kuy-qo’shiq, turli xil o’yinlar o’tkazildi, shuningdek, saralashda faol ishtirok etgan jamoalar ham taqdirlandi.  

Final natijalariga ko’ra 2023-yilning “Eng kuchli jamoalari” quyidagicha aniqlandi.

1-o’rin: "Родные" (7-23-gr);
2-o’rin: "Osmondagi bolalar" (4-23-gr);
3-o’rin: "Elegant" (1-23-gr).

 Barcha jamoa bilimdonlari maxsus diplom hamda esdalik sovg’alari bilan tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Ajoyib o'yinni namoyish etgan barcha bilimdonlariga rahmat.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech