“KATTA TANAFFUSDA YANGI YIL SHUKUHI” JARAYONIDAN (1-kun)
2023-yil 18-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Katta tanaffusda Yangi yil shukuhi” tadbiri bo’lib o’tdi.
Yangi yil tadbirini YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 15-dekabrdagi 3/15-457-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 16-25-dekabr kunlari Yangi yil dasturi bo’lishi, shuningdek, dasturda qiziqarli shartlar, o’yinlar o’quvchilar ishtirokida bo’lib o’tishini aytib o’tdi.
Yangi yilning ilk kunida o’quvchilar bilan birga o’qituvchilar ishtirokida “Kim chaqqon” o’yini yuqori kayfiyatda o’tkazildi.
Tadbirda o'z hissasini qo'shgan insonlarga alohida katta rahmat.
Yangi yil bayrami shukuhini beruvchi bayram dasturi reja asosida davom etadi.