“ENG ZUKKO KITOBXON-2023” G’OLIBLARI ANIQLANDI VA TAQDIRLANDI
2023-yil 16-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “ENG ZUKKO KITOBXON-2023” tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berib, barcha ishtirokchilarga omadlar tilab, hamisha kitobga mehr qo’yishni, u bilan suhbatlashishni, u bilan doimiy hamroh bo’lishni aytib o’tishdi.
Ishtirokchilar 2 ta shart bo’yicha o’z bilimlarini, iste’dodlarini tengdoshlari bilan o’rtoqlashdi.
Tadbirda Yoshlar yetakchisi E.Abdunazarov tomonidan kuy-qo’shiqlar guldastasi ijro etildil.
Hakamlarning qarori bo’yicha “Eng zukko kitobxon-2023” g’oliblari quyidagicha aniqlandi.
1-o’rin: S.Xamidov (2-23-gr);
2-o’rin: B.Mustafaqulov (4-23-gr);
3-o’rin: I.Sobirjonov (5-23-gr).
Barcha g’oliblar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Tanlovni tashkil qilgan ARM rahbari Sh.To’xtarovaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.