UNIVERSITET TAQDIRLASH MAROSIMIDA AKADEMIK LITSEY “ZAKOVAT”CHILARI TAQDIRLANDI
2023-yil 15-dekabr kuni Transport universiteti faollar zalida yakunlovchi taqdirlash marosimi bo’lib otdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor D.X.Baratov ochib berib, barchani yaqinlashayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi va tanlovlarda g’olib bo’lgan talabalarni taqdirlashni boshlab berdi.
Tadbirda akademik litsey o’quvchilari ham universitetda o’tkazilgan “Zakovat” o’yinida talabalar bilan birga kurashgan ilk jamoa bo’lganligi uchun “Titans” jamoasi a’zolari tashkilotchilarning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda diltortar kuy-qo’shiqlar, nafis raqslar va albatta sportchi talabalarning chiqishlari tadbir fayziga fayz qo’shdi.