AKADEMIK LITSEY O'QUVCHILARINING RESPUBLIKADAGI MUZEY VA QADAMJOLARGA TASHRIFI
2023-yil 15-dekabr kuni "Moziyga sayohat" ichki turizmni rivojlantirish maqsadida TDTrU akademik litseyining bir guruh o'qituvchi va o'quvchilari respublikadagi muzey va tarixiy qadamjolarga tashrifi amalga oshirildi.
O’quvchilar tashrifi respublikadagi A.Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Hazrati Imom majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O’zbekiston davlar tabiat muzeyi, I.Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Qurolli kuchlar davlat muzeyi kabi 15 ga yaqin muzey va qadamjolarga katta taassurotlarda o’tdi.
Sayohat davomida muzey xodimlari tomonidan muzeydagi eksponatlar tarixi o’quvchi-yoshlarga batafsil yetkazildi.
Bunday sayohatlar o’quvchilarni o’z tarixini bilishga, tarixiy shaxslarga munosib avlod bo’lishga, tabiatni asrash burchini o’rgatishga xizmat qiladi..
Barcha guruh rahbarlariga, qiziquvchan o'quvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.