O’ZBEKISTON KUBOGIDA AKADEMIK LITSEY O’QUVCHISI 3-O’RIN SOHIBI
Joriy yilning 8-10-dekabr kunlari Farg’ona viloyatida sportning belbog’li kurash turi bo’yicha o’g’il bolalar o’rtasida “O’zbekiston kubogi” musobaqasi o’tkazildi.
Musobaqada Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining II bosqich o’quvchisi Xolmatov Xurshidbek Mirobit o'g'li 90 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
O’z vazni toifasi bo’yicha X.Xolmatov o’z raqiblari bilan murosasiz kurashib, “O’zbekiston kubogi”ning faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Akademik litsey rahbariyati nomidan Xurshidbekka, uning ota-onasiga, ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.