"ZAKOVAT"NING YARIM FINAL SONI JARAYONIDAN

2023-yil 9-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida o’tkazilib kelinayotgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum YARIM FINAL soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

To'garakda 6 ta jamoa “Elegant" (1-23-gr), “Infinity” (2-23-gr), "Osmondagi bolalar" (4-23-gr), “Elites” (5-23-gr), “Tafakkur” (6-23-gr), “Родные” (7-23-gr) jamoalari ishtirok etdi.

“Zakovat sandiqchasi” savoliga ya’ni sandiqchada “kalish” borligini faqatgina “Infinity” jamoasi to'g'ri topdi va 1 ochkoni yozdirdi. 

Yarim final natijalariga ko’ra FINAL yo’llanmasi quyidagi jamoalarga nasib etdi.

1-o’rin: "Osmondagi bolalar" (4-23-gr) – 69 ochko;
2-o’rin: "Родные" (7-23-gr) – 68 ochko;
3-o’rin: "Elegant" (1-23-gr) – 55 ochko.

I mavsumda qatnashgan barcha jamoalarga tashakkur bildiramiz.
 
 Biz esa Siz bilan Yangi yil FINAL sonida ko’rishguncha deymiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech