“YANGI O’ZBEKISTON – INSON HUQUQLARI” UMUMMILLIY DARSLARI JARAYONIDAN

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining 2023-yil 4-dekabrdagi 01/02-423-sonli xati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-noyabrdagi 3/18-70-sonli xati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PF-70-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturining 17-1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 6-7-dekabr kunlari TDTrU akademik litseyi o’quvchilari ishtirokida “Yangi O’zbekiston – inson huquqlari” umummilliy dars mashg’ulotlari o’tkazildi. 

Mashg’ulot davomida Tarix fani o’qituvchisi B.Jo’rayev yuqoridagi mavzu bo’yicha o’quvchilarga slayd orqali ma’lumotlarni keng va atroflicha tushuntirdi. Bundan tashqari maxsus kurs darsida keltirilgan eng muhim masalalarlarni ham aytib o’tdi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech