"STOL TENNISI" G'OLIBLARI MUNOSIB O’YNADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72 farmoyish ijrosiga muvofiq 2023-yil 6-dekabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida sportning “Stol tennisi” musobaqasi o’tkazildi. 

 Musobaqani olib borish va nazorat qilish Jismoniy tarbiya rahbari D.Ernazarov hamda yoshlar yetakchisi E.Andunazarovlarga topshirildi.

 Musobaqada juda ko'plab talabgor o'quvchilar ishtirok etdi va chiroyli o’yinlarni namoyish etdi.

 Musobaqa natijalariga ko’ra g’oliblar quyidagi tartibda aniqlandi:

1-o’rin: I.Farhodov (7-23-gr);
2-o’rin: Sh.Abdiraimov (5-23-gr);
3-o’rin: J.Raximberdiyev (2-22-gr). 

Bunday musobaqalar orqali o’quvchilar o’rtasida do’stlik rishtalari, jamoaviy ahillikda o’ynash ko’nikmalari yanada mustahkamlanadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech