KATTA TANAFFUSDA "SEHRLI KO'ZGU" TRENINGI JARAYONI
2023-yil 6-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida katta tanaffus paytida bu galgi trening o'quvchilar uchunmas, o’qituvchilar ishtirokida “Sehrli ko'zgu" treningi o’tkazildi.
Trening akademik litsey psixologi L.Abdujalilova, o'qituvchi A.Mirtursunova hamda Yoshlar ittifoqi faol a'zosi M.Karimov tomonidan tashkil etildi.
Treningning asosiy maqsadi - o'qituvchi-pedagoglar o'rtasidagi hurmat-izzat, ahillik, mehr-muhabbat va boshqa insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlashiga xizmat qilishdir.
Qisqa va albatta qiziqarli trening o'qituvchilarga katta taassurot qoldirdi. Buni videolavhadan ham bilish mumkin.
Treningni tashkillashtirgan barcha tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.