"ZAKOVAT"NING KONSTITUTSIYA KUNIGA BAG’ISHLANGAN MAXSUS 10-SONI JARAYONIDAN
2023-yil 2-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida “Konstitutsiya marafoni”ga bag’ishlangan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsumning 10-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.
To'garakda 7 ta jamoa “Elegant", “Infinity”, “Eagle”, "Osmondagi bolalar", “Elites”, “Tafakkur”, “Родные” jamoalari ishtirok etdi.
O’yin savollari maxsus Konstitutsiyaning bob va moddalari asosida tuzildi va jamoalarga taqdim qilindi. Shuningdek, o’yinda mantiqiy savollar ham o’ynaldi.
“Zakovat sandiqchasi” savoliga ya’ni sandiqchada “oyoq kiyim (poyabzal)” borligini 2 ta jamoa to'g'ri topdi va 1 ochkoni yozdirdi.
Jamoalarning to’plagan ochkolari:
1. "Elegent”-4;
2. “Tafakkur”-6;”
3. “Eagle”-7;
4. “Elites”-7;
5. "Osmondagi bolalar "-7;
6."Родные" hamda “Infinity” - jamoalarning 8 ochkosi bilan o’yin do’stlik g’alaba qozondi.