“KONSTITUTSIYA DARSLARI O’QUVCHILAR NIGOHIDA” TADBIRI JARAYONIDAN

2023-yil 2-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-noyabrdagi 3/18-72-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida barcha akadem guruhlarda mutaxassislar ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini o’rganish” nomli maxsus kurs mashg’ulotlari o'tkazildi. 

 Mashg'ulot davomida barcha guruh rahbarlari, fan o'qituvchilari, soha mutaxassislari maxsus kursning mazmun-mohiyatini slaydlar orqali o'quvchilarga yetkazdi. Shuningdek, yoshlarga bag'ishlangan bob va moddalar tahlili ham tushuntirib o'tildi. 

Bir so'z bilan aytganda bosh qomusimiz bo'lgan Konstitutsiyani barcha bilishi shart. 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech