"MENING KONSTITUTSIYAM VA DAVLAT TILIM" mavzusidagi diktantlar olimpiadasi jarayonidan
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida“gi F-72-sonli Farmoyishi ijrosi bo’yicha 2023-yil 1-dekabr kuni TDTrU akademik litsey o’quvchilari o’rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” olimpiadasi o’tkazildi. Olimpiadani YoBIBDO' A.Ikromov olib bordi.
O’quvchilar o’rtasidagi olimpiada II bosqichda olib borildi.
I bosqichda "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida diktant jarayoni olib borilgan bo’lsa, II bosqichda Konstitutsiyadagi bob, moddalari asosida tuzilgan test savollariga belgilangan vaqt ichida o’z bilim va mahoratini namoyish etdi.
Olimpiadaning ertangi natijalariga ko’ra g’oliblikni qo’lga kiritgan 3 nafar o’quvchi umumiy taqdirlash kunida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.