“ZO’RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” TADBIRI JARAYONIDAN

2023-yil 1-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida “Zo’ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
 
Tadbirda muassasa rahbari M.T.Xasanova, Shayxontohur tuman sudi rais o’rinbosari A.A.Abdulxayrov, TDYU o’qituvchisi X.I.Gazibekov, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari N.Alibekova, tuman Xotin-qizlar inspektori, podpolkovnik G.Ishanxonova, N.X. Po’latova, tuman IIBB terrorizmga qarshi kurashish bo’lim kapitani F.I.To’rayevlar o'quvchi-yoshlarga, pedagog-o'qituvchilarga zo’ravonlik tushunchasi va uning bir nechta turlari, bunga nisbatan ma’muriy va jinoyat kodekslarida belgilangan jazo va jarimalar haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.  
 
Mavzu doirasida videoroliklar ham namoyish etildi va tahlil qilindi. 

O'quvchilardan M.Eshboyeva, F.Abduraxmonovalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech