Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Transport universiteti "ZAKOVAT" bellashuvida akademik litsey jamoasi faxrli 3-o’rinni egallashdi
2023-yil 30-noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida 9-dekabr “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinida akademik litsey nomidan “Titans” jamoasi bilimdonlari munosib ishtirok etib, 8 ta jamoa ichidan 3-o’rinni egalladi.
Talabalar bilan birga bilim borasida bellashib, murosasiz o’yinni namoyish etib, faxrli 3-o’rinni egallaganligi uchun akademik litseyning “Zakovat” klubi bilimdonlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.