“YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI”DA OGOHLIK DAVR TALABI TADBIRI JARAYONIDAN
2023-yil 30-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hududiy boshqarma, hukumat komissiyasining "Yong'in xavfsizligi oyligi"ga oid bir nechta xat va farmoyishlarning ijrosi yuzasidan tuman FVB bilan hamkorlikda litsey jamoasi hamda o'quvchilari ishtirokida "Ogohlik davr talabi" mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Shayxontohur tuman FVB dan mas'ul mutaxassislar hamda akademik litsey ChQBT rahbari Sh.Xanxadjayevlar o'quvchi-yoshlarga, pedagog-o'qituvchilarga yong'in, is gazi va boshqa shu turdagi inson hayotiga xavf soluvchi voqea-hodisalar haqida ham nazariy, ham amaliyotda texnik vositalar yordamida ko'rsatib berdi.
O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib mutaxassislardan javoblar olishdi.