“HAVE FUN WITH ENGLISH” shiori ostida o’tkazilgan ingliz tili musobaqasi jarayonidan!

 2023-yil 18-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida “Ingliz tili” oyligi munosabati bilan akademik litseyning 1-kurs o'quvchilari o'rtasida "HAVE FUN WITH ENGLISH" shiori ostida ingliz tili savodxonligi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. 

Tadbir kafedra mudiri I.Jaloldinov hamda fan o’qituvchilari Y.Egamberdiyeva, M.Jurayeva, M.Egamberdiyeva, G.Bekchanovalar tomonidan tashkillashtirib, interaktiv asosida olib borildi.  

Musobaqada 3 ta guruh o’quvchilari ingliz tili bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislar tomonidan qo’llangan qiziqarli metod va usullarga tayangan holda o’z iste’dodini namoyish etdi. 

Musobaqa natijalariga ko’ra hakamlar quyidagi o’rinlarga ajratdi.
1-o’rin: 6-23-guruh jamoasi;
2-o’rin: 5-23-guruh jamoasi;
3-o’rin: 7-23-guruh jamoasi.

Barcha ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdiqlandi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech