“IFTIXORIMSAN BAYROG'IM” TADBIRI VA TANLOV NATIJALARI JARAYONIDAN!

2023-yil 17-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan akademik litsey o'quvchilari o'rtasida "IFTIXORIMSAN BAYROG'IM" shiori ostida bir nechta ko’rik-tanlov tadbiri bo’lib o’tdi. 

Tadbirni CHQBT rahbari Sh.Xanxadjayev ochib berib, bayrog'imiz tarixi, bayroqdagi ranglarning o'ziga xos ahamiyati haqida o'quvchilarga ma'lumot berib o’tdi.  

O'quvchilar o'rtasida bayroqni madh etuvchi ash'orlar, shuningdek, eng yaxshi rasm tanlovlari ham amalga oshirildi. 

 Barcha ishtirokchilar bayram arafasida munosib taqdirlanadi.
 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech