“KONSTITUTSIYA BILIMDONI” TANLOV G’OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI!
2023-yil 14-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Adolat” SDPsining “Vatan kelajagi yoshlar qo’lida” loyihasi doirasida litsey o'quvchilari o'rtasida "KONSTITUTSIYA BILIMDONI" ko’rik-tanlov tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, tanlov shartlari va mazmuni bilan barcha ishtirokchi va hakamlarni tanishtirib o’tdi.
Huquqiy bilimini oshirish va jamiyat boshqaruviga o’z hissasini qo’shishga bel bog’lagan kuchli 3 nafar Konstitutsiya bilimdonlari bilim borasida bellashdi.
3 ta shart bo’yicha o’z bilim va iste’dodini namoyon etgan qomus bilimdonlari hakamlar tomonidan quyidagicha aniqlandi.
1-o'rin: Ibroxim Toirjonov (1-22-gr);
2-o'rin: Ismoil Ismoilov (2-22-gr);
3-o’rin: Jasur Bozorov (5-22-gr).
Barcha ishtirokchilar esdalik diplomlari bilan taqdirlandi.
Tadbirda o'z hissasini qo'shgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.