"MA'NAVIYAT MARAFONI" YAKUNIDA ENG ISTE’DODLILAR TAQDIRLANDI
2023-yil 10-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida “Ma’naviyat marafoni konsepsiyasi” loyihasi doirasida o'quvchilarning ma’naviyatini har tomonlama yuksaltirish, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Biz bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz" mavzusida yakuniy taqdirlash hisoboti bo'lib o'tdi.
Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berib, o’quvchilarni yot g’oyalardan asrash, ularni buyuk allomalarga munosib avlod qilib tarbiyalashda shunga o’xshagan loyihalarni o’rni o’zgacha ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Tadbirda 1-2-3-o’rinlarni egallagan “Eng yaxshi qo’shiq ijrochi o’quvchi”, “Eng yaxshi ixtiro va kashfiyotchi o’quvchi”, “Eng yaxshi rasm egasi”, “Eng yaxshi folklor jamoa”, shuningdek, “O’zbekiston – mening Vatanim” mavzusidagi insho g’oliblari munosib taqdirlandi.
Tadbirda o’z hissasini beminnat qo’shgan barcha-barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.