"KATTA TANAFFUSDA QUVNOQ XITOY TILI (“快乐汉语” Kuàilè hànyǔ) DAQIQASI" TADBIRI JARAYONIDAN
2023-yilning 9-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, shuningdek, noyabr “Ingliz tili” oyligi munosabati bilan “Quvnoq Xitoy tili” mavzusida musobaqa o’tkazildi.
Tadbirga mas’ul Xitoy tili o’qituvchisi O.X.Raxmatova o’quvchi-yoshlarga Xitoy iyerogliflarining shakli hayotda barcha biladigan ramzlarga o’xshashlik tomonlarini atroflicha izohlab o'tdi.
O’quvchi-yoshlar o’rtasida Xitoy iyerogliflaridan ayrimlarini tez va nafislikda yozish bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Bunda o’quvchilar faol ishtirok etdi va bo’sh vaqtlari mazmunli o’tayotganligidan xursand bo’lishdi.
"KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA" larda ko’rishguncha!