"MA'NAVIYAT MARAFONI"DA "AKTYOR-2023" TANLOVI SARALASH BOSQICHI

 

2023-yil 8-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus hamda “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida o'quvchi-yoshlarning iste'dodini ro'yobga chiqarish, ularni rag'batlantirish, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Aktyor-2023" tanlovi bo'lib o'tdi. 

O'quvchi-yoshlar qur'a tashlash yo'li bilan aniqlangan xonanda, aktyor obrazlarini mahorat bilan ijro etdi.

Nizomiy nomidagi TDPU “Musiqa ta'limi va san'at” fakultetidan mas'ul hakamlar hay'ati jamoasi quyidagi ishtirokchilarni  final bosqichiga munosib deb topdi. 

 Bular: 
1. Oktamov Ismoil (2-23);
2. Boboxodjayev G’ofurxodja (2-23); 
3. Mardiyev Asliddin (5-23);
4. Tavakallov Behruz (6-23);
5. Eshboyeva Mehro'za (2-22);
6. Xo’jamqulov Shohjaxon (5-22);
7. Xolmatov Xurshid (6-22).

Barcha o'quvchilarga, guruh rahbarlariga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. 

Final bosqichida ko'rishguncha.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech