"TA'LIM MUASSASASI VA OTA-ONALAR" tadbiri jarayonidan
Joriy yilning noyabr oyi ilk haftaligida Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida "Ta'lim muassasasi va ota-onalar" mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirni akademik litsey rahbari M.T.Xasanova ochib berib, litseydagi ichki-tartib hamda odob-axloq qoidalarini, yaratilgan barcha sharoit va imkoniyatlar haqida gapirib o'tdi.
Tadbirda rahbar o'rinbosarlari ham o'z yo'nalishiga doir talablarning mazmun-mohiyatini o'quvchi-yoshlarning ota-onasiga yetkazdi, shuningdek, farzandlarini nazorat qilishda hamkorlikka chaqirdi.
Har bitta farzand yoxud o'quvchining taqdiri uchun barchamiz mas'ulmiz!