"MILLIY QADRIYATLAR YASHAGAY BARHAYOT” tadbiri jarayonidan
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 18-oktabrdagi 466-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 31-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan “Milliy qadriyatlar yashagay barhayot” tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berib, umrboqiy qadriyatlarni asrab-avaylashda barcha birdek mas’ul ekanligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchilariga omadlar tiladi.
Tadbirda guruhlar o’rtasida “Osh chempionati”, “Milliy raqs”, “Milliy qo’shiq”, “Milliy sport” turlaridan “Tosh ko’tarish”, “Arqon tortish”, “Chaqqon Kenguru” kabi musobaqalar o’tkazildi.
Tadbirda o’quivchi-yoshlar o’zbek xalqining milliy qadriyatlariga bo’lgan iftixor tuyg’usini yuqoridagi tanlovlarda o’z iste’dodi orqali namoyish etdi.