"ISTE'DOD" MUSIQA TO'GARAGI O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI

2023-yil 26-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror ijrosi, shuningdek, har bitta muassasa o’quvchisi cholg’u asboblaridan bittasini chala olish mahoratini o’rganishi kerak degan buyuk so’zlaridan kelib chiqib, akademik litseyda tashkil etilgan “ISTE'DOD” musiqa ijodiy to’garagi o’z faoliyatini boshladi.

Bir nechta ko’rik-tanlovlar g’olibi, to’garak rahbari Azizbek Oyto’rayev to’garak a’zolariga musiqa asboblaridan afg’on, qashqar rubobi, dutor, doira va boshqa musiqa asboblari haqida nazariy ma’lumotlar berib o'tdi. 

Shuningdek, amaliyotda musiqa asboblarini chalib ko’rsatib, o’quvchi-yoshlarga musiqaning nafis kuylarini, ayniqsa, o’zbek milliy kuylarini chalib ko’rsatib to’garak a’zolarining olqishiga sazovor bo'ldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech