"QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM!” TADBIRI JARAYONIDAN
2023-yil 21-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida “O’zbek tiliga davlat tili” maqomi berilgan kunning 34 yilligiga bag’ishlab “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” mavzusida badiiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangradi. So’ng tadbirni akademik litsey direktori M.T.Xasanova ochib berib, barchani ona tilimizninig bugungi to’yonasi bilan tabriklab, ona tilining ertangi rivojlanishida barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlab o’tildi.
Tadbir davomida ona tilimizni madh etuvchi ash’orlar, diltortar kuy-qo’shiqlar, jozibador raqslar, ona tilini tarannum etuvchi sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga o’zgacha ruh bag’ishladi.
Ulug' sanaga atab o'tkazilgan insholar tanlovi g'oliblari ham munosib taqdirlandi.
Tadbirda o’z hissasini qo’shgan barcha o’quvchilarga, jamoat tashkilot rahbarlariga, guruh rahbarlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.