"SAKKIZINCHI MO'JIZA - BU KITOB" AKSIYASI

2023-yil 20-oktabr kuni TDTrU akademik litseyi hamda G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda KITOBLAR KO'RGAZMASI aksiyasi o'tkazildi.

Aksiyada hamkor tashkilotlar tomonidan ilmiy, badiiy, diniy, dunyoviy nomdagi kitoblar o'quvchi-yoshlar e'tiboriga havola etildi.   

Aksiyada nafaqat o'quvchi-yoshlar balki pedagog-o'qituvchilar, xodimlar ham ishtirok etib, eng sara kitoblarini arzonlashtirgan narxlarda sotib olishdi. 

 Bunday aksiyalar barchani, ayniqsa, o'quvchi-yoshlarning ma'naviyatini yuksalishida, ularni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashiga o'rgatadi. 

Kitoblar ko'rgazmasidan o'quvchi-yoshlar va o’qituvchilar katta taassurotlar oldi.

Aksiyani tashkillashtirishda o'z hissasini qo'shgan ARM rahbari Sh.To’xtarova va boshqa tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech