"5 TASHABBUS OLIMPIADASI” G’OLIBLARINI TAQDIRLASH JARAYONIDAN

 2023-yil 18-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan fan, san’at, sport to’garagi musobaqalarida ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 

 Tantanali taqdirlashni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov hamda yoshlar yetakchisi E.Abdunazarovlar ochib berib, barcha musobaqalarda ishtirok etgan o’quvchilarga minnatdorchilik bildirib, maxsus diplom va esdalik sovg’alarini taqdim etdi.  

 O’tkazilayotgan bunday musobaqa va tadbirlar o’quvchilar o’rtasida do’stlik, birodarlik rishtalarini mustahkam bo’lishiga xizmat qiladi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech