⭕️ "VATAN TAYANCHI" TADBIRIGA AKADEMIK LITSEY O'QUVCHILARI ISHTIROKI

✅ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-150-sonli xati ijrosi bo’yicha “Navro’z bog’i”da  tantanali tadbir bo’lib o’tdi. 

❇️ Tadbirda “Vatan tayanchi” guruh a’zolari esdalik ko’krak nishoni hamda tavsiyanoma bilan taqdirlandi. 
 
✅ Tadbirda akademik litseyning ChQBT rahbari Sh. Xonxadjayev va bir guruh o’quvchi-yoshlar ham ishtirok etib, tengdoshlari quvonchiga sherik bo’ldi. 

❇️ Bunday tadbirlar o’quvchi-yoshlar qalbida vatanparvarlik, insonparvarlik, birodarlik, o’z Vataniga xizmat qilish va sodiq qolish tuyg’usini shakllanishiga xizmat qiladi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech