"STOL TENNISI" AKADEMIK LITSEY LIGASI JARAYONIDAN
2023-yil 12-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida “5 tashabbus olimpiadasi” dosirasida akademik litsey o’quvchilari o’rtasida sportning "Stol tennisi" turi bo’yicha akademik litsey ligasi o'tkazildi.
Musobaqani YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, musobaqa ishtirokchilariga qonun-qoidalarni batafsil tushuntirib o’tdi. Jismoniy tarbiya rahbari D.Ernazarov nazorati ostida musobaqa 4 bosqichda olib borildi.
“Stol tennisi” akademik litsey ligasi g’oliblari quyidagilar:
1- o'rin: Qobiljonov Odiljon Qobiljonovich (5-22-gr);
2- o'rin: Farxodov Ismoil Baxodirovich (7-23-gr);
3- o'rin: Abdimurodov Shamsiddin Axror o'g'li (5-23-gr);
3- o'rin: Yusupaliyev Bekzod Baxtiyor o'g'li (6-23-gr).
Barcha o'quvchi-yoshlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.