⏳ "ZAKOVAT" TO'GARAGI QISHGI MAVSUMI 3-SONI JARAYONIDAN (2-KURS)
2023-yil 11-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 2-kurs o’quvchilari uchun I mavsumning 3-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.
✅ To'garakka 5 ta jamoa “Titans” (1-22-gr), “O’zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), "Afina" (6-22-gr) jamoalari ishtirok etdi.
O'yinning kulminatsion nuqtasi 5-raunddagi "Zakovat sandiqcha"si savoliga ya'ni sandiqchada "archa" borligini 3 ta jamoa to'g'ri topib 1 ochkoni qo'lga kiritdi.
Jamoalarning 3-sonda to’plagan ochkolari quyidagicha:
"Afina" - 1;
“Ishonch”-6;
"O’zbekiston yoshlari”-6;
"Everest”-7;
11 ochko bilan "Titans"- Abdug’afur Maxsudov jamoasi o’yin g’olibiga aylandi.
O'yinning keyingi sonlariida ko'rishguncha.