⭕️ "SENING TASHABBUSING, SENING KELAJAGING UCHUN" TADBIRI JARAYONIDAN
✅ 2023-yil 11-oktabr kun “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan TDTrU akademik litseyida jamoat tashkilotlari rahbarlari R.Po’latova, E.Abdunazarov, L.Abdujalilovalar tashabbusi bilan “Sening tashabbusing, sening kelajaging uchun” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.
❇️ Tadbirda barcha qizlar tashabbus ko’rsatib, kelajakdagi orzulari, maqsadlari, erishishi ko’zda tutilgan kasblari bo’yicha turli metodlar yordamida ma’lumot berib o’tdi.
✅ Tadbirda psixolog L.Abdujalilova tomonidan o’tkazilgan interaktiv metodlar qizlarning qiziqishi va orzulari uchun kurashish ko’nikmasini shakllanishiga xizmat qildi.