"AKADEMIK LITSEY IFTIXORI" STIPENDIANTI ZIYODABONU NAZAROVA INSHOLAR TANLOVIDA RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO'L OLDI
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyuldagi 130-sonli bayoni ijrosi bo’yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarma tomonidan respublikadagi professional ta'lim o’quvchilari o’rtasida o'tkazilgan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" insholar tanlovida akademik litseyning 5-22-guruh o'quvchisi Nazarova Ziyodabonu Mirzoxid qizi 1-o'rinni egallab Respublika bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bu yutuq bilan akademik litsey jamoasini samimiy tabriklaymiz. Ziyodabonu orqali barcha o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berayotgan guruh rahbarlariga hamda fan o'qituvchilariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Respublika bosqichida Ziyodabonuga 1-o'rin nasib qilishini chin dildan so'rab qolamiz.